"Barsa" Kanseluni olib qolmoqchi, ammo faqat bir yo'l bilan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

«Barselona» qanot himoyachisi Joau Kanselu bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha «Al-Hilol»dan ijaraga olingan. «Diario Sport» ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya grandi rahbarlari futbolchi bilan to'laqonli shartnoma imzolashni istashmoqda. Biroq bu faqatgina u Saudiya klubi bilan kelishuvini bekor qilib, yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshadi.
«Barselona» Joau Kanseluni yanvar oyida ijaraga olgan edi. 31 yoshli futbolchining «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Lateralning qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 10 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179