"Nottingem Forest" hujumchini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

"Nottingem Forest"ning braziliyalik hujumchisi Igor Jezus joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" Evropa Ligasidagi yorqin o'yinlariga qaramay, Angliya premer-ligasidagi sermahsulligi bilan hayratda qoldirmayotgan 25 yoshli hujumchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Klubdagilarning fikricha, Jezusga ko'proq Evropaning boshqa chempionatlari mos keladi va Premer-liganing yuqori sur'ati yaxshi jismoniy ko'rsatkichlarni talab qiladi.
2025 yilning yozida "Nottingem Forest" Jezusni Braziliyaning "Botafogo" klubidan 19 million evroga sotib olgandi. "O'rmonchilar" safida hujumchi 35 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
179