"Tottenxem"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

Londonning "Tottenxem" klubida ayni damda eng ko'p maosh oluvchi futbolchi kimligi ma'lum bo'ldi. Insayder Mett Xyuzning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, ushbu futbolchi yarim himoyachi Konor Gallaxer hisoblanadi.
26 yoshli angliyalik xavbek qishda "shporlar" safiga Madridning "Atletiko" klubidan ko'chib o'tgan edi. Bitim summasi 40 million evroni tashkil etdi. London klubida Konor haftasiga 200 ming funt atrofida maosh oladi. Futbolchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli yarim himoyachi oltita uchrashuv o'tkazdi. Gallaxer bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202