Braziliyada Anchelottining kelajagi bo'yicha bayonot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbari Samir Shaud milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelajagi borasida fikr bildirdi.
«Karlo bilan yangi kelishuv imzolanishi hozirda byurokratik va huquqiy jihatdan muvofiqlashtirish bosqichida turibdi», — deya rahbarning so'zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida insayder Nikolo Skira keltirmoqda.
Italiyalik yulduzli mutaxassisning yangi shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti madridning «Real» klubidagi iste'fosidan so'ng, o'tgan yilning may oyida Braziliya terma jamoasini boshqarishga kirishgan edi. Italiyalik murabbiy qo'l ostida «selesao» JCh–2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211