Marokash terma jamoasi JCh-2026 boshlanishiga oz qolganda murabbiysiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi egallab turgan lavozimidan iste'foga chiqish uchun ariza berdi. Bu haqda «RMC Sport» jurnalistlari xabar bermoqda. Ayni damda tomonlar hamkorlikni muddatidan avval to'xtatish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.
50 yoshli mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin, u erda bir yo'la bir nechta klublar uning xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Marokash terma jamoasi bo'lajak JCh–2026 musobaqasida ishtirok etadi. Mundial Shimoliy Amerikada — AQSh, Meksika va Kanada stadionlarida bo'lib o'tadi.
Nufuzli turnirning guruh bosqichida marokashliklarga Braziliya, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248