Yens Petter Xyouge «Budyo-Glimt» safida Norvegiya futboli rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Hujumchi Yens Petter Xyouge joriy mavsum Chempionlar ligasida «Budyo-Glimt» safida oltita gol urdi — bu Norvegiya klubi safida o'ynayotgan norvegiyalik futbolchi uchun EChK/EChL tarixida bir mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Xyouge «Tottenxem» va «Inter» darvozasiga ikkitadan to'p kiritgan bo'lsa, Dortmundning «Borussiya»si hamda «Manchester Siti» jamoalari bilan bahsda o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Norvegiya jamoasi to'qqiz ochko jamg'arib, 23-o'rinni egalladi.
O'z maydonida «Inter» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alaba va javob o'yinidagi muvaffaqiyat (2:1) tufayli «Budyo-Glimt» ikki o'yin natijasiga ko'ra (jami 5:2) g'olib chiqdi. Endi jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finalida «Manchester Siti» yoki Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
227