Nima uchun «Inter» EChLni tark etdi? Kivu jamoasining muvaffaqiyatsizligi sabablarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida «Budyo-Glimt»dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra «neradzurrilar» 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.
«Biz yaxshi shakllangan jamoaga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qildik. Hisobni ocha olmaganimiz sababli, ularga ruhiy jihatdan ancha oson bo'ldi. Yigitlarga e'tirozim yo'q — ular borini berib o'ynashdi. Musobaqada yo'limizni davom ettirmoqchi edik, shu bois juda xafamiz. Endi faqat raqibni tabriklash qoldi, xolos. Natija ham, turnirdan chiqib ketganimiz ham dilni xira qiladi. Ehtimol, birinchi bo'lib gol urganimizda, ularni qiyin ahvolga solib qo'ygan bo'lardik. «Budyo» himoyada mustahkam turib, o'yin tizginini nazorat qildi. Ikkinchi bo'limda esa kuchimiz etmadi va ikkita gol o'tkazib yubordik», — deya Kivuning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Norvegiya klubi o'z tarixida ilk bor 1/8 final bosqichiga yo'l oldi. U erda jamoa «Manchester Siti» yoki Lissabonning «Sporting» klublaridan biri bilan to'qnash kelishi mumkin.

Bosh sahifaga
235