Vitinyaning «Real»ga o'tishi uchun 3 ta sabab...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

Madridning «Real» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. «Qaymoqranglilar» Frantsiya klubi Chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirayotgan bir paytda, transfer bo'yicha keskin qadamlar tashlashni istamayapti. Bu haqda Ispaniyaning Cadena Ser portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchining «Qirollik klubi»ga o'tish ehtimolini oshiradigan uchta asosiy sabab bor:
Kelishuv mavjud: Vitinya va «PSJ» o'rtasida futbolchining boshqa jamoaga 100 million evro evaziga o'tishi mumkinligi borasida kelishuv bor.
Aloqalar yaxshilangan: Parij va Madrid klublari o'rtasidagi munosabatlar ayni damda bir necha oy oldingidek keskin emas.
Futbolchining xohishi: 26 yoshli yarim himoyachi «PSJ»dagi faoliyatidan so'ng yangi chaqiriqlar uchun tayyor.
Joriy mavsumda Vitinya barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 110 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
213