«Barselona»dagi saylovoldi janjali: Font va Laporta o'rtasidagi ayblovlar avj oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font bo'lajak saylovlardagi raqibi hamda «ko'k-anorranglilar»ning sobiq prezidenti Joan Laportani keskin tanqid qildi. Avvalroq Laporta o'ziga nisbatan pul yuvish ayblovi bilan berilgan ariza ortida Font turgan bo'lishi mumkinligiga sha'ma qilgan edi.
«Laporta kun sayin Trampga o'xshab bormoqda. U xayoliy dushmanlar izlayapti va odamlarni aldamoqda. Ular bizni janjalga tortmoqchi, mening obro'yimga putur etkazmoqchi, vaholanki men shunchaki «Barselona» muxlisiman», — deya Fontning so'zlarini keltirmoqda AS nashri El Món a RAC1’ga tayanib.
«Barselona» prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 15 martida bo'lib o'tadi. Klubning yangi prezidenti 1 iyuldan o'z vazifasini bajarishga kirishadi.

Bosh sahifaga
277