Lisandro Martinesning holati bo'yicha ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasidagi «Everton»ga (1:0) qarshi o'yinni jarohat sababli o'tkazib yuborgan «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines 1 mart kuni bo'lib o'tadigan 28-tur doirasidagi «Kristal Pelas» bilan bahsda ishtirok eta oladi. Bu haqda Daily Mail jurnalisti Kris Uiler xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi «irislar» bilan o'yin oldidan boldir mushagidan jarohat olgan edi, biroq shikastlanish jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi.
Joriy mavsumda Lisandro «qizil iblislar» tarkibida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ayni damda jamoa Angliya chempionati yuqori divizioni turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293