Chempionlar ligasida pley-off qizg'in pallada: Kimlar keyingi bosqichga chiqdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

Seshanba, 24 fevral kuni UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida ishtirok etadigan to'rtta jamoa nomi ma'lum bo'ldi. Evropaning eng nufuzli klublar turniri pley-off bosqichi doirasidagi ikki o'yin natijasiga ko'ra «Atletiko», «Bayer», «Nyukasl» va «Budyo-Glimt» jamoalari g'alaba qozonishdi.
Shu tariqa, ushbu to'rt jamoa 1/8 final bosqichida bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi va umumiy bosqichning eng kuchli sakkizta jamoasiga qo'shiladi. Eslatib o'tamiz, «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenxem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» va «Manchester Siti» klublari ushbu bosqichga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan edilar.
16 ta jamoa ishtirok etadigan bosqichning qolgan to'rtta yo'llanmasi chorshanba, 25 fevral kuni o'z egalarini topadi. Ular uchun «Atalanta» — «Borussiya Dortmund», «Yuventus» — «Galatasaroy», «PSJ» — «Monako» hamda Madridning «Real» va «Benfika» jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
277