EChL. «Atletiko» o'z uyida «Bryugge»ni tor-mor etib, nimchorak finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

«Atletiko» Chempionlar ligasining pley-off bosqichi javob uchrashuvida o'z maydonida «Bryugge» jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Mezbonlar safida Aleksandr Syorlot uchta gol urib, xet-trik qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Djonni Kardoso hisobiga yozildi. Mehmonlarning yagona javob to'pini Xoel Ordones kiritdi.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra «Atletiko» 7:4 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ushbu bosqichda Madrid klubi yo «Liverpul», yoki «Tottenxem» jamoalaridan biri bilan to'qnash keladi. Ispaniya klubining raqibi juma kuni, 27 fevral kuni bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Evropa Chempionlar ligasi. O'tish bosqichi. Javob o'yini
24.02.2026 | 22:45
«Estadio Civitas Metropolitano», Madrid
«ATLETIKO» (Ispaniya) — «BRYuGGE» (Belgiya) — 4:1
(Birinchi o'yin — 3:3)
Gollar: Syorlot 23 (1:0), Ordones 36 (1:1), Kardozo 48 (2:1), Syorlot 76 (3:1), Syorlot 87 (4:1).
«Atletiko»: Oblak, Rudjeri, Gantsko, Pubil, Lorente, Baena (Lukman, 70), Koke (Molina, 70), Kardozo (Mendosa, 83), Simeone (Ximenes, 83), Alvares (Grizmann, 58), Syorlot.
«Bryugge»: Minole, Seys (Lemareshal, 82), Mexele (Meyer, 88), Ordones, Sabbe, Stankovich, Tzolis (Nilsson, 82), Vanaken, Vetlesen (Dyakon, 65), Borjesh, Tresoldi (Verman, 65).
Ogohlantirishlar: Lorente (85) — Ordones (40), Verman (85).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
201