«Andijon»: Aliev ketdi, Abdug'afforov ijaraga berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1150

«Andijon»ning qishki selektsiyadagi rejalari har tomonlama o'ylab chiqilgan reja asosida amalga oshirilganligini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz.
Lekin kutilmagan o'zgarishlar ham yuz berishi tabiiy hol. Jumladan, O'zbekiston U17 safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan hujumchi Asilbek Aliev bilan kelishuvga erishilgandi. Keyinchalik esa uning o'rniga jamoadoshi - Sayfiddin Sodiqov jalb qilinganligi bois Aliev bilan o'rtadagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.
Shuningdek, 21 yoshli yarim himoyachi Abbos Abdug'afforov Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi - «Alay» jamoasiga ijaraga berilganligini ham ma'lum qilindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
157