Yann Zommerning «Inter»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

Darvozabon Yann Zommer shu yozda «Inter»ni tark etadi.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Milan klubi 37 yoshli shveytsariyalik posbonga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Buning o'rniga «Inter» yangi, yosh darvozabon bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Zommer jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Yann Zommer 2023 yilda «Bavariya»dan «Inter»ga 7 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon milanliklar safida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 30 ta gol olib chiqdi, 17 ta uchrashuvda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Zommerning bozor qiymatini 2,5 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
197