Kurtua Mourinoning ayblovlariga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua matbuot anjumanida «Benfika» ustozi Joze Mourinoning bayonotlariga baho berdi. Vinisius Janluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqoratlarda ayblagan mojarodan so'ng, Mourino «Real» futbolchisi o'z golini qanday nishonlaganiga e'tibor qaratgan edi.
— Mourinoning bayonotlari haqida nima deb o'ylaysiz?
— Mourino — bu Mourino. U murabbiy sifatida doimo o'z klubini himoya qiladi. Ammo Vinisiusning golni nishonlashidan oqlov sifatida foydalanishlari meni g'azablantiradi. «Real» darvozasiga gol urilganda, bundan ikki-uch baravar keskinroq reaktsiyalar bo'ladi. Bu irqchilikni oqlay olmaydi.
— Mourinoning so'zlari sizni hafsalangizni pir qildimi?
— Shaxsan men uchun bu yoqimsiz. Lekin u o'z jamoasini himoya qilyapti, buni tushunsa bo'ladi.

Bosh sahifaga
177