Arbeloa: "Mourinoning jamoalari har doim o'zlarini ko'rsatishga qodir"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 611

Joze Mourino "Real"ga qarshi birinchi o'yinda qizil kartochka olganidan so'ng "Santyago Bernabeu"da ko'rinish bermaydi.
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bu borada o'z fikrini bildirdi.
— Sizningcha, Mourino "Benfika" zaxirasida o'tirmasa, jamoa kuchsizroq bo'ladimi?
"Men jamoaning yaxshi o'yin ko'rsatishiga e'tibor qaratyapman. Bu Mourinoning faoliyatida birinchi marta zaxiradan chetda qolishi emas.
Uning jamoalari har doim o'zlarini ko'rsatishga qodir. Umid qilamanki, bu ajoyib o'yin, katta shou bo'ladi... va "Real Madrid" g'alaba qozonishi mumkin", dedi Arbeloa jurnalistlarga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191