Diskvalifikatsiya qilingan Prestianni "Real"ga qarshi o'yinga uchmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

«Benfika»ning hujumkor yarim himoyachisi Janluka Prestianni bir o'yinga diskvalifikatsiya qilingan bo'lishiga qaramay, «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuviga chindan ham uchib ketmoqda.
Ma'lumki, jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda Vinisius Prestiannini irqchilikda ayblagan edi. UEFA surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda, biroq dastlabki xulosalarga ko'ra kamsitish fakti tasdiqlangan va futbolchi vaqtinchalik chetlatilgan. Shunga qaramay, «Benfika» kecha mazkur qaror yuzasidan apellyatsiya berish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Seshanba kuni Prestianni Madridga uchish oldidan aeroportda ko'rinish berdi. Ehtimol, «Benfika» argentinalik futbolchining baribir maydonga tushishiga umid qilmoqda.
«Real» chorshanba kuni, 25 fevral kuni «Benfika»ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
281