"Nyukasl" forvardi Myorfi: "Qorabog'" bilan o'yin oson bo'lmaydi, ammo uyga qaytish yoqimli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

"Nyukasl" hujumchisi Jeykob Myorfi Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida "Qorabog'"ga qarshi kechadigan ikkinchi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Uchrashuv 24 fevral, seshanba kuni bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin ingliz jamoasining 6:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Uyga qaytish yoqimli. Ketma-ket to'rtta juda og'ir safar o'yinini o'tkazdik. Yana muxlislarimiz qarshisida bo'lish va o'z stadioningizda o'ynash juda yoqimli. O'yin oson bo'lmasligini tushunamiz, hali ko'p ish qilishimiz kerak, ammo qaytganimizdan xursandmiz", - deya hujumchining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298