Inesta Yamalning «Oltin to'p»ni yutish imkoniyatlari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

«Barselona»ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta jamoaning porlayotgan yulduzi Lamin Yamalning kelajagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Lamin Yamal uchun «Oltin to'p»? Bu uning o'sishda davom etishiga bog'liq. U ulkan iste'dod sohibi va eng muhimi, unda mana shu iste'dodga mos mehnatsevarlik ham bor», — dedi Inesta.
«Har qanday yosh o'yinchi uchun bunday darajaga chiqish katta chaqiriq hisoblanadi, biroq unda bunga erishish uchun barcha sifatlar mavjud. Umid qilamanki, u o'z yo'lida davom etadi va rivojlanishdan to'xtamaydi. Chunki uning borligi ham «Barsa» muxlislari, ham umuman ispan futboli ishqibozlari uchun ijobiy holatdir. Uning yaqin yillardagi o'sishini kuzatish juda hayajonli bo'ladi».

Bosh sahifaga
291