Diego Simeone «Bryugge»ning kuchli tomonlarini e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. UEFA Chempionlar ligasining javob o'tish uchrashuvi 24 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
«Biz jang qilishimiz, har bir to'p uchun kurashishimiz va, albatta, gollar urishimiz kerak. Bizga muxlislarimiz 200 foiz bor kuchini beradigan va futbolchilar ham maydonda xuddi shunday javob qaytaradigan oqshomlar kerak. Nima bo'lishini oldindan hech qachon bilmaysiz. O'yin davomida vaziyatga moslasha olish zarur», — deya Simeonening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Murabbiy, shuningdek, raqib jamoa haqida ham ijobiy fikr bildirib, Ivan Leko boshchiligidagi «Bryugge» futbolchilarining qat'iyati va jasoratini alohida qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Musobaqaning umumiy bosqichida ushbu klublar 14 va 19-o'rinlarni egallagan.

Bosh sahifaga
279