Ferdinand: "Mourino noto'g'ri gapirganini tez orada tushunib etadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

Angliya terma jamoasi va "MYu" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning UEFA Chempionlar ligasi birinchi o'tish o'yinidan so'ng "Real Madrid" yulduzi Vinisius sha'niga aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
"Biroz vaqt o'tgach, Mourino noto'g'ri gapirganini tan oladi. Lekin bu so'zlar uni irqchiga chiqarmaydi. U qora tanli futbolchilar uchun ko'p ish qilgan. Ko'pchilik uni o'zining ikkinchi otasi deb biladi. Irqchilik — bu Joze haqida emas", — deya afsonaviy himoyachining so'zlaridan iqtibos keltiradi "Mirror".
Eslatib o'tamiz, "Benfika"ga qarshi o'yinda Vinisius irqchilikka duchor bo'lgan edi. Uchrashuv yakunida Mourino: "Vinisius paydo bo'lgan har bir stadionda doim nimadir sodir bo'ladi", — deb bayonot bergandi.

Bosh sahifaga
293