"Manchester Yunayted" Onana va yana uchta iqtidorli futbolchini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262

"Manchester Yunayted" "Aston Villa"ning 24 yoshli belgiyalik yarim himoyachisi Amadu Onanani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda "Football Insider" nashri xabar bermoqda.
Onana klubning yozgi transferlar uchun qisqa ro'yxatiga (short-list) kiritilgan. "MYu" yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirgan va Onanadan tashqari Elliot Anderson, Adam Uorton hamda Karlos Baleba nomzodlarini ham o'rganmoqda.
Amadu Onana 2024 yilda "Everton"dan "Aston Villa"ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda u birmingemliklar safida 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284