"Bavariya" joriy mavsumda porlayotgan yulduzi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Bavariya» Lennart Karl bilan amaldagi shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish va maoshini oshirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu jarayonda Mixael Ballak (futbolchining vakili sifatida) ishtirok etmoqda.
Garchi 18 yoshli hujumkor yarim himoyachining kelajakda «Real Madrid» safida to'p tepish orzusi bo'lsa-da, u hozirda o'z klubida baxtli va «Bavariya» uchun hech qachon muammo tug'dirishni istamaydi. Karl bor e'tiborini hozirgi jamoasiga qaratgan.
Transfermarkt portalida 60 million evroga baholanayotgan futbolchi joriy mavsumda 31 ta o'yinda 7 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249