«Dinamo»ning muhim futbolchisi mashg'ulotlarda xochsimon paylarini uzib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

«Dinamo»ning Dubay yig'inidagi so'nggi mashg'ulotlaridan birida jamoa hujumchilaridan biri Mirjahon Mirahmadov jarohat olib, klub shifokorlari yordamida maydonni tark etgandi.
O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra, Mirjahon Mirahmadovning chap oyoq tizza xochsimon paylarining uzilgani aniqlandi.
Klub tibbiy bo'limining ma'lum qilishicha, jamoa hujumchisi tez orada tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Operatsiyadan so'ng Mirahmadovning to'liq tiklanib, safga qaytishi uchun 5-6 oy vaqt talab etilishi taxmin qilinmoqda.
Manba: «Dinamo» matbuot xizmati.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239