Gabbiya: "Mavsumni munosib yakunlashimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

Italiyaning "Milan" klubi himoyachisi Matteo Gabbiya "Parma"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan xafa bo'ldi va endi chempionlik haqida o'ylamayapti. Ammo u qolgan o'yinlar bunday afsuslarsiz o'tishiga umid qilmoqda.
"Albatta, hafsalamiz pir bo'ldi, chempionlik uchun kurashning murakkabligini tushunish ortib bormoqda. Lekin qo'lni tushirmaslik kerak. Mavsumni shunday yakunlash kerakki, qolgan o'yinlarda afsuslanishga o'rin qolmasin. Yana o'n ikkita o'yin - bu oz emas", - deya himoyachining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
O'tgan mavsumda "Milan" A Seriya turnir jadvalida atigi sakkizinchi o'rinni egallagan bo'lsa, hozirda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345