«MYu» - APLda 2026 yilda hali yutqazmagan yagona klub
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3701

Angliya Premer-ligasi 27-turining yakuniy o'yinida «Manchester Yunayted» «Everton» ustidan g'alaba qozondi — buning uchun uchrashuvning ikkinchi bo'limi o'rtalarida kiritilgan yagona gol kifoya qildi. Ushbu gol sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko hisobiga yozildi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasida 2026 yil hisobidan hali mag'lubiyatga uchramagan yagona klub bo'lib qolmoqda. Jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi o'nta o'yinga etdi — bu «Manchester Yunayted» uchun 2021 yilning birinchi yarmidan beri qayd etilgan eng yaxshi natijadir. O'shanda klub yanvardan maygacha qatorasiga 14 ta o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332