«Aston Villa»mi yoki «MYu»? Karrager kuchli uchlik uchun kurash favoritini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager «Manchester Yunayted» Angliya chempionatining kuchli uchligi uchun kurashda Birmingemning «Aston Villa» jamoasini ortda qoldirishiga ishonchi komil. Hozirda «qizil iblislar» o'z formasiga kirib olishgan va qatorasiga o'nta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.
«O'ylaymanki, «Manchester Yunayted» asta-sekin pozitsiyasini boy berayotgan «Villa»dan o'zib ketadi. Ular hali ham Evrokuboklarida ishtirok etishmoqda, «Villa» uchun asosiy qiyinchilik ham aynan shunda. «MYu» keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishiga deyarli shubham yo'q», — deya Karragerning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.
Hozirda «MYu»ning («Aston Villa»dan) farqi uch ochkoni tashkil etmoqda.

Bosh sahifaga
315