Klaudio Raneri Italiya futbolining inqiroziga ikkita asosiy sababni aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

«Lester» bilan Angliya chempionligini qo'lga kiritgan italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri Italiya futbolining asosiy muammosini tushuntirib berdi.
«Italiya futbolining ikkita muammosi bor — pulning yo'qligi va tizimlilik mavjud emasligi. Xuddi Angliya, Germaniya va Frantsiya kabi bizda ham buyuk o'yinchilar bo'lgan. Ammo hozir ular yo'q va bu terma jamoaning o'yinlarida yaqqol ko'rinib turibdi», — deya Ranerining so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi so'nggi ikkita Jahon chempionatini o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270