Gvardiola nega Husanov "Nyukasl"ga qarshi o'yin tanaffusida maydonga tushirilganini izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1127

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasining 27-turidan o'rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o'yinda Ruben Diash o'rniga Abduqodir Husanovni tushirish borasidagi qaroriga izoh berdi.
«Ruben Diashni almashtirish va Husanovni tushirish taktik qaror edi. Birinchi bo'limdan so'ng biz ma'lum o'zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak edi», — dedi mutaxassis o'yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi tanaffusdan so'ng maydonga tushdi va ikkinchi bo'limni to'liq o'tkazdi. Uchrashuv «Manchester Siti»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Abduqodir Husanov jamoasi navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni safarda «Lids»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276