Joan Laporta: «72 yil davomida hakamlarni «Real» vakillari boshqargan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1105

«Barselona» prezidentligiga nomzod va klubning sobiq rahbari Joan Laporta mashhur «Negreyra ishi» bo'yicha berilgan savolga javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda «Barselona» va uning rahbariyatiga nisbatan Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berganlik ayblovi qo'yilgan edi. Sud klub tomonidan 2001 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda Negreyraga bir necha million evro to'langanini jinoyat deb hisoblagan.
«Bu hakamlar bo'yicha maslahat xizmatlari edi, o'sha paytlarda bunga to'liq ruxsat berilgandi.
Ba'zi tomonlarda ushbu jarayonni cho'zishdan manfaatdorlik bor, garchi bu maqsadga muvofiq bo'lmasa ham. 72 yil davomida hakamlar boshliqlari «Real» sososlari (a'zolari) yoki xodimlari bo'lib kelishgan», — dedi Laporta.

Bosh sahifaga
260