«Torino» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 996

«Torino» klubi o'z rasmiy saytida yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi. Jamoa boshqaruvini Roberto D’Aversa o'z qo'liga oldi — 50 yoshli mutaxassis bilan 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Yakshanba kuni «Torino» mehmonda «Djenoa»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Ayni damda jamoa A Seriya turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.
D’Aversa qo'l ostidagi ilk o'yinini «Torino» 1 mart kuni o'z maydonida «Latsio»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271