"Benfika" UEFA qaroriga e'tiroz bildiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 783

UEFA Janluka Prestianni va Vinisius Junior o'rtasidagi voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda — "Real" futbolchisi "Benfika" a'zosini irqchilikda ayblagan edi. Tergov jarayoni davom etayotgan bo'lsa-da, dastlabki xulosalarga ko'ra Prestianni tomonidan kamsitish holati sodir etilgani aniqlangan. UEFA argentinalik futbolchini vaqtinchalik bitta o'yinga chetlatdi. Ushbu qarordan so'ng "Benfika" rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Benfika" UEFAdan Prestiannining diskvalifikatsiyasi haqida bildirishnoma olganini va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
"Benfika" UEFA qarori ustidan apellyatsiya bermoqchi, garchi vaqt nuqtai nazaridan bu "Real"ga qarshi javob o'yiniga biror-bir ta'sir ko'rsatishi amrimahol. Shuningdek, "Benfika" irqchilik va kamsitishning har qanday shakliga qarshi kurashishda sodiq ekanini tasdiqlaydi", — deyiladi bayonotda.
"Real" "Benfika"ni 25 fevral kuni qabul qiladi. Lissabonda kechgan dastlabki bahsda madridliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Bosh sahifaga
289