Rodrigo va Sebalosning tiklanish muddati haqida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1484

Yarim himoyachi Dani Sebalos o'tgan dam olish kunlari "Real" lazaretiga tushib qoldi. Klubdagi manbalar 29 yoshli futbolchi taxminan ikki oyni o'tkazib yuborishidan xavotirda edilar. Biroq, futbolchiga yaqin manbalar Sebalos to'rt hafta davomida o'yindan tashqarida bo'lishini taxmin qilmoqdalar. Bu haqda "The Athletic" sahifalaridagi materialda so'z boradi.
25 yoshli Rodrigoga kelsak, u qisman umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi. Braziliyalik futbolchi 2 mart kuni "Xetafe"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
"Real" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" "Barselona"dan bir ochko ortda qolishyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273