Brunu Fernandeshning "MYu"dagi kelajagi bitta shartga bog'liq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Yarim himoyachi Brunu Fernandesh transfer mish-mishlarida muntazam ko'rinish bermoqda. Portugaliyalik futbolchining o'zi o'tgan yili agar "Manchester Yunayted" uni sotmoqchi bo'lsa, bunda hech qanday muammo bo'lmasligini aytgan edi.
"The Touchline" nashri jurnalist Stiv Beytsga tayanib xabar berishicha, 31 yoshli Fernandesh agar jamoa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, "Manchester Yunayted"da qolishni istaydi.
Ayni damda "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, agar "qizil iblislar" dushanba kuni "Everton"ga qarshi o'yinda ochko to'plashsa, to'rtinchi pog'onaga ko'tarilib olishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269