Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmaganidan afsusda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

"Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyams kelasi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan yozda "Barselona"ga o'tmaganidan afsuslanmoqda. U o'z agentiga yangi jamoa topishni buyurdi.
Nikoga hozirda aniq takliflar yo'q. Unga APL grandlari qiziqish bildirayotgani avvalroq aytilgan edi.
Uilyamsning basklar bilan shartnomasi 2035 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257