Endrik Florentino Peres e'tiborida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

"Real" prezidenti lavozimini egallab turgan Florentino Peres Endrikning "Lion"dagi ishtirokini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma'lumki, 19 yoshli hujumchi qishki transfer oynasida Frantsiya klubiga ijara asosida o'tgan edi. "The Touchline" xabariga ko'ra, Peres Endrikning Frantsiyada yaxshi o'yin ko'rsatishi va "Lion" tarkibida mustahkam o'rin egallashidan umid qilmoqda. Agar bu amalga oshsa, braziliyalik futbolchining "Real" asosiy tarkibidan joy olish imkoniyatlari keskin ortadi.
"Lion" safida o'tkazilgan ettita o'yinda Endrik beshta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "To'quvchilar" ayni damda Frantsiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311