Loftus-Chik jag'idan jiddiy jarohat oldi: U mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2544

"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Parma"ga qarshi o'yinda jag'idan jiddiy jarohat oldi. Dushanba kuni futbolchi operatsiya qilinadi. Italiyaning "Sky" nashri ta'kidlashicha, jarrohlik amaliyoti murakkab hisoblanadi. Operatsiyadan so'ng futbolchi zond orqali ovqatlanishiga to'g'ri kelishi istisno etilmayapti.
Bunday jarohat futbol olami uchun xos emas, shu sababli Loftus-Chikning tiklanish muddati haqida hozircha biror nima deyish qiyin. Biroq "Milan" yarim himoyachisi uchun 2025/2026 yilgi mavsum muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.
"Milan" yakshanba kuni "Parma"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
307