"Atletiko"dagi 15 yillik faoliyatdan so'ng yangi chaqiriq: Diego Simeone A Seriya grandi bilan dastlabki kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

Madridning "Atletiko" klubida ishlayotgan argentinalik mutaxassis Diego Simeone Milanning "Inter" klubi bilan muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda "El Chiringuito" jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, tomonlar hamkorlik bo'yicha dastlabki kelishuvga erishganlar. 55 yoshli murabbiy joriy mavsum yakunida Italiya jamoasini boshqarishi mumkin. Hozirda "neradzurrilar" ustozi lavozimini Kristian Kivu egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Simeone "matraschilar"ni 2011 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315