"Yuventus" Vlaxovich bilan shartnomani yangilashni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

«Yuventus» Dushan Vlaxovich bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga intilmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Futbolchining amaldagi kelishuvi shu yozda yakuniga etadi. Turinliklar Vlaxovich bilan hamkorlikni davom ettirishni istashmoqda. Qayd etilishicha, hujumchining agenti bilan navbatdagi uchrashuv mart oyiga rejalashtirilgan.
Dushan Vlaxovich «Yuventus» safida jami 162 ta o'yinda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda hujumchi 64 ta gol urishga va 16 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314