"Borussiya" "Real" va "Barsa"ning qiziqishi fonida Shlotterbek bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

Dortmundning «Borussiya» klubi Niko Shlotterbek borasida yakuniy qarorni qabul qildi. Futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. Shu sababli, «asalarilar» uni bir yildan keyin tekinga qo'yib yubormaslik uchun kelayotgan yozda sotishga qaror qilishdi.
Nikoni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar «Real Madrid» hisoblanadi. Shuningdek, futbolchiga «Barselona» va «Liverpul» klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
Avvalroq OAVda Shlotterbek 50 million evro evaziga La Ligaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308