Shevale Frantsiya terma jamoasining JCh-2026 qaydnomasidan mahrum bo'lish xavfi ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevale Frantsiya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasidan mahrum bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli posbon endi parijliklar safida shubhasiz birinchi raqamli darvozabon emas va uning o'yin vaqti keskin qisqargan. 1 fevraldan boshlab "PSJ"ning barcha o'yinlarida rossiyalik Matvey Safonov asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 21 fevral kuni Liga 1 doirasida "Mets"ga qarshi o'yinda Safonovni yana maydonga tushirdi va Shevaleni zaxirada qoldirdi. Vaziyat Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabida xavotir uyg'otdi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, agar Shevale vaziyatni o'zgartirmasa, uning mart oyida AQShda o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirish imkoniyati juda past.

Bosh sahifaga
317