Gvardiola "Siti" rahbariyatiga o'zining davomchisi kim bo'lishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

Manchesterning moviy qismida katta o'zgarishlar shabadasi esmoqda. Topskills Sports UK nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Manchester Siti» rahbariyati Xosep Gvardiolaning o'rnini kim egallashi borasida bir to'xtamga kelgan.
Gvardiolaning tavsiyasi va 5 yillik rejaMa'lum bo'lishicha, joriy mavsum yakunlangach, Pep Gvardiola «shaharliklar» bilan xayrlashadi. Uning o'rniga esa «Chelsi»ning sobiq ustozi Entso Mareska tayinlanishi kutilmoqda. Eng qizig'i, italiyalik mutaxassis nomzodini shaxsan Gvardiolaning o'zi klub xo'jayinlariga tavsiya qilgan. Pep Mareskani o'z falsafasining eng munosib davomchisi va ideal voris deb hisoblaydi.
Shartnoma tafsilotlari:Murabbiy: Entso Mareska
Shartnoma muddati: 5 yil
Tayinlov vaqti: 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach
«Manchester Siti» rahbariyati allaqachon italiyalik mutaxassis uchun uzoq muddatli shartnomani taxt qilib qo'ygan. Gvardiola ketishi bilan Mareska ish boshlashi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
319