Yangilangan ATP reytingida o'zbekistonlik tennischilarning o'rni qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) haftalik yangi reytingni e'lon qildi. Top-10 jadvalda bitta o'zgarish kuzatildi. Kanadalik Feliks Oje-Alyassim 150 ochko yo'qotdi va 7-o'rindan 8-o'ringa tushdi. Amerikalik Teylor Frits esa 7-pog'onaga ko'tarildi.
Bundan tashqari, reytingda peshqadamlik qilayotgan ispaniyalik Karlos Alkaras 2026-yilgi “Qatar Open” turniridagi g'alaba sababli ochkolari sonini 13 550 taga etkazib oldi. Reytingda ikkinchi o'rinni egallab turgan italiyalik Yannik Sinner esa 10 400 ochko jamg'argan holda o'z o'rnini saqlab turibdi.
ATP reytingi. 23-fevral holatiga ko'ra top-10:

Ushbu haftada ATP reytingiga kiritilgan o'zbekistonlik tennischilarning egallagan o'rinlarida o'zgarish yuz berdi. O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin 3 pog'ona pastladi va 326-o'rindan joy oldi. Uning hisobida 151 ochko mavjud.

Humoyun Sultonov avvalgi o'rnidan 139 ta, Maksim Shin esa 2 ta pog'ona pastladi.

Bosh sahifaga
217