Adebayor APLda kim g'olib chiqishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

"Arsenal" va "Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor joriy mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasida kim g'olib chiqishini taxmin qildi.
"Arsenal" va "Manchester Siti"ning keyingi o'yinlari taqvimini ko'rib chiqdim. O'ylaymanki, "Siti" Angliya Premer-ligasida g'alaba qozonadi", - deya Adebayorning so'zlarini keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida "Arsenal" birinchi o'rinni egallab turibdi. "Kanonirlar" o'zidan keyingi o'rinda borayotgan "Manchester Siti"ni bir o'yin ko'p o'tkazgan holda 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227