"Manchester Yunayted" Maguayrni saqlab qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Markaziy himoyachi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"da yana bir mavsum qolishi mumkin. Bu haqda insayder Saymon Stoun o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.
32 yoshli angliyalik futbolchi "qizil iblislar" safida 2019 yilning avgustidan buyon to'p tepib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Himoyachining bozor narxi o'n million evroga baholanmoqda.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Maguayr 13 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga gol hamda golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi.
Bugungi holatga ko'ra, "qizil iblislar" 45 ochko bilan APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234