«Siti» himoya qanotini mustahkamlashga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4570

«Manchester Siti» yozda «Nyukasl Yunayted»ning o'ng qanot himoyachisi Tino Livramentoni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda talkSPORT insayderlari xabar bermoqda.
«Shaharliklar» anchadan beri futbolchining harakatlarini kuzatib borishmoqda. Ingliz grandi Livramentoni mudofaaning o'ng qanoti uchun uzoq muddatli echim sifatida ko'rmoqda. Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda mazkur pozitsiyada universal yarim himoyachi Mateus Nunes to'p tepmoqda.
«Nyukasl» esa hali ham himoyachi bilan yangi shartnoma imzolashdan umid uzgani yo'q. Joriy mavsumda Tino Livramento 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223