«Yuventus» 50 million evrolik hujumchidan voz kechmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53

Belgiyalik hujumchi Loi Openda o'tgan yozda «Yuventus»ga o'tgan edi. Ommaviy axborot vositalarining ma'lumotlariga ko'ra, turinliklar futbolchini «RB Leyptsig»dan 3 million evro evaziga ijaraga olishgan va 47 million evroga sotib olish majburiyatini o'z zimmalariga olishgan.
Openda «Yuventus» safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda hujumchi bor-yo'g'i ikkita gol urdi. Turinliklar futbolchining ko'rsatayotgan o'yinidan norozi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi Italiya klubining kelajakdagi rejalariga kirmaydi. Shu sababli, «Yuventus» yozda Loi Opendani boshqa jamoaga sotib yuborishga harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227