MLS Messini jazolamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

MLS «Inter Mayami» yulduzi Lionel Messini oqladi, deb xabar bermoqda Guardian nashri. Argentinalik hujumchi muntazam chempionatning birinchi turi doirasidagi «Los-Anjeles»ga qarshi o'yinda hakamlarga bosim o'tkazganlikda ayblanayotgan edi.
Lionel jamoasi Kaliforniya klubidan 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. Final hushtagidan so'ng Messi suhbatlashish uchun hakamlar xonasiga yo'l olgan.
Manbaning ta'kidlashicha, MLS komissiyasi ushbu vaziyatni o'rganib chiqdi va sakkiz karra «Oltin to'p» sohibining harakatlarida qoidabuzarlik topmadi. Liga argentinalik futbolchi hakamlarning kiyinish xonasiga kirmaganini alohida qayd etdi.
Navbatdagi uchrashuvni «Inter Mayami» «Orlando Siti»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223