"Andijon" darvozaboni: "Tanishtiruv kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

"Andijon"ning yangi mavsum oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimi juda ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.
Jamoaning yangi futbolchisi, darvozabon Rahimjon Davronov klub matbuot xizmatiga tanishtiruv marosimidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taassurotlar zo'r. Kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi. To'g'risi, muxlislar "yondirishdi". Xayrulla Hamidovni kelgani ham o'zgacha bo'ldi.
Ko'rinib turibdi, Andijonda hamma futbolni sevadi. Xudo xohlasa, chempionatda ham shu muxlislar va "Andijon" uchun o'ynaymiz. Aytishadi-ku, Andijon uchun beramiz jon!".
Eslatib o'tamiz, "Andijon" ilk turni 27 fevral kuni "Bobur arena"da Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 18:45 da boshlanadi.
Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225