«PSJ» o'z iqtidoriga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachi Senni Meyulyu bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Parij grandi rahbariyati 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim taklif qiladi, deya xabar bermoqda insayder Fabris Xokins. Istiqbolli frantsuzga boshqa Evropa klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'layotganiga qaramay, u jamoani tark etish niyatida emas.
Yaqinda «PSJ» yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usmon Dembele va vinger Bredli Barkola bilan ham kelishuvlarni uzaytirmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.
Senni Meyulyu joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225